Realme Neo 8 smartfoni qanday xususiyatlar bilan chiqadi

15-dekabr 2025 12:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Realme

Realme kompaniyasi Xitoy bozorida Realme Neo 8 nomi bilan yangi smartfon ishlab chiqarmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Samsung ishlab chiqargan katta va tekis AMOLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran aniqligi 1,5K darajasida bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon Qualcomm’ning kuchli Snapdragon 8 Gen 5 protsessori bilan jihozlanadi. Bu esa modelni deyarli flagman darajasiga olib chiqadi.

Taqqoslash uchun, avvalgi Neo 7 seriyasida Dimensity chiplarining turli variantlari hamda Snapdragon 6 Gen 4 ishlatilgan edi. Neo 8 esa ancha yuqori segmentga yo‘naltirilmoqda.

Yangi model ultratovushli barmoq izi skaneri bilan ta’minlanadi. Skaner to‘g‘ridan to‘g‘ri ekranostiga joylashtiriladi. Korpus metall romga ega bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi esa 8 000 mA/soatdan oshishi kutilmoqda. Realme Neo 8’ning rasmiy taqdimot sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 16 Pro qanday dizaynda taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek