RAISE-4 sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

eʼlon qilindi
RAISE and Shine missiyasi Yaponiya kosmik texnologiyalarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi
Foto: Daily Galaxy

2025-yil 13-dekabr kuni Rocket Lab xususiy kompaniyasi Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) bilan hamkorlikda RAISE and Shine missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda Daily Galaxy xabar bermoqda.

Mazkur parvoz Rocket Lab va JAXA o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshirilgan ilk missiya hisoblanadi. RAISE-4 sun’iy yo‘ldoshi Yaponiya tadqiqot institutlari va xususiy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan sakkizta yangi texnologiyani kosmosda sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Foto: Space

Ushbu innovatsiyalar kelajakda sun’iy yo‘ldosh aloqasi, materialshunoslik va kosmik tadqiqotlar sohasida muhim o‘rin tutishi kutilmoqda. Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, ikkinchi missiya 2026-yilning boshida amalga oshiriladi. 2025-yil Rocket Lab uchun rekord darajadagi yil bo‘ldi. Kompaniya jami 19 ta missiyani bajardi, shundan 16 tasi orbital parvozdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoy bir kunda uchta kosmik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek