Saudiyaliklar «Barselona»ni 10 mlrd yevroga sotib olishi mumkin

15-dekabr 2025 10:54 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Telegram / Ivan Karpov

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon «Barselona» futbol klubini sotib olish uchun 10 mlrd yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda El Chiringuito nashri jurnalisti Fransua Galyardo ma’lum qildi.

Muhammad ibn Salmon Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi orqali klubni moliyalashtirishni va uning 2,5 mlrd yevroga yetgan qarzlarini to‘liq qoplashni rejalashtirmoqda. Biroq bitimning amalga oshishiga jiddiy to‘siq mavjud. «Barselona» xususiy shaxsga emas, balki «sosyos»larga (klub a’zolari bo‘lgan muxlislar) tegishli bo‘lib, klub taqdiriga oid muhim qarorlar ular tomonidan qabul qilinadi.

Foto: Goal.com

Ushbu taklif avvalgi yirik bitimlardan sezilarli darajada farq qiladi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda Roman Abramovich «Chelsi» klubini sanksiyalar sababli 3,16 mlrd yevro evaziga sotgan edi. 2024-yilda esa Jim Retklif «Manchester Yunayted»ning atigi 27,7 foiz aksiyasini qo‘lga kiritish uchun 5,8 mlrd yevro sarflagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda saudiyalik investorlar Angliyaning «Nyukasl» klubini 360 mln yevroga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida «Qarg‘alar» Liga kubogini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasida ishtirok etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChl doirasida «Barselona» 2:1 hisobida «Ayntraxt» ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek