Shomurodovning gol va assisti «Istanbul Bashakshehir»ga g‘alaba keltirdi

15-dekabr 2025 10:23 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Eldor Shomurodov / Foto: O‘FA

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida «Samsunspor» va «Istanbul Bashakshehir» bahs olib bordi. Uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov o‘zining yorqin o‘yini, gol va golli uzatmasi bilan jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda tashabbus to‘liq mehmonlar tomoniga o‘tdi.

O‘yinning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov raqibning qo‘pol xatosidan keyin darvozani ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, 83-daqiqada Shomurodov jamoadoshi Bertug‘ Yildirimga qulay vaziyat yaratib berdi va assist muallifiga aylandi.

Foto: SofaScore

SofaScore tahliliy portali ma’lumotlariga ko‘ra, Eldor Shomurodov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va uning harakatlari 8.1 ballga baholandi. Ushbu golidan so‘ng Shomurodovning joriy mavsumdagi gollari soni 11 taga yetdi. Bu natija bilan u to‘purarlar ro‘yxatida «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachu bilan tenglashib, yetakchilar qatoridan joy oldi.

Abbos Fayzullayev / Foto: Istanbul Bashakshehir

«Istanbul Bashakshehir» safidagi yana bir iste’dodli vakilimiz Abbos Fayzullayev ham uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U o‘yin davomida jamoasining hujumlarini tashkil qilishda ishtirok etgan bo‘lsa-da, bu safar samarali harakatlari bilan bevosita tablodagi hisobga ta’sir o‘tkaza olmadi. Portal uning o‘yinini 6.7 ball bilan baholagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Nuri Shahin Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev haqida o‘z fikrlarini bildirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek