Smartfon narxi bilan teng bo‘lgan odamsimon Bumi roboti sotuvga chiqdi

eʼlon qilindi
Bumi’ning narxi $1370
Foto: Noetix

Xitoyning Noetix Robotics startapi taqdim etgan arzon odamsimon robot Bumi bozorda qisqa fursatda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda Humanoids Daily nashri xabar berdi.

Kompaniya ushbu qurilma bo‘yicha minglab oldindan buyurtmalar rasmiylashtirilganini hamda o‘z tarixidagi eng yirik tijoriy shartnomani imzolaganini ma’lum qildi.

Noetix Robotics Shanxay fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan va tahliliy yechimlar yetkazib beruvchi HCR (Huichen) kompaniyasi bilan strategik hamkorlikka kirishdi. Kelishuvga ko‘ra, HCR ming dona Bumi humanoid robotini buyurtma qilgan. Bu bitim yosh startap uchun eng katta tijoriy kontrakt sifatida qayd etildi.

🤖The $1K Humanoid is HERE! Meet NOETIX

Shartnoma faqat robotlarni yetkazib berish bilangina cheklanmaydi. Unga HCR’ning dasturiy platformasini Bumi’ning apparat tizimiga integratsiya qilish ham kiradi. Ushbu platforma robot uchun intellektual miya vazifasini bajaradi. Kompaniyaning moliya direktori Xan Shenrenning aytishicha, JD.com savdo platformasida oldindan buyurtmalar ochilgach, 500 dan ortiq buyurtma rasmiylashtirilgan, hozirda esa ularning umumiy soni minglabni tashkil etmoqda.

Noetix Bumi’ni narxi $1370 bo‘lgan birinchi yuqori samarali odamsimon robot sifatida taqdim etmoqda. Robotning bo‘yi 94 santimetr, vazni 12 kilogramm bo‘lib, u yengil kompozit materiallardan tayyorlangan. Bumi mustaqil yurishi, raqs harakatlarini bajarishi va buyruqlarga javob qaytarishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda olti qo‘lli odamsimon robot ishlab chiqilgani haqida yozgandi.

Shuningdek