Tadbirkorlar uchun Biznes hamroh tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Yangi loyiha doirasida 1000 dan ortiq xizmat yagona darcha tamoyili asosida ko‘rsatiladi
Foto: Yoshlar ovozi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga kompleks xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Biznes hamroh loyihasi ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur tizim orqali tadbirkorlarga davlat, konsalting, moliya, muhandislik, marketing va IT kabi yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatiladi. Asosiy maqsad tadbirkorlarning muammolarini joyida hal qilish va ularning faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik uchun sifat jihatdan yangi maydoncha yaratishdir.

Biznes hamroh markazlari Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladi. Dastlabki bosqichda bunday markazlar Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida bittadan tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘chmas mulk va avtomobil savdosi faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek