Toshkent shahrida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Ulardan biri 1999, boshqasi esa 2006-yilda tug‘ilgan
Toshkent shahrida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxslar ushlandi / Foto: DXX

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar savdosi va narkolaboratoriya tashkil etish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yashnobod tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan, ilgari Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olindi. Ulardan 507 dona «Pregabalin» va 52 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, ular ijaraga olgan xonadonda o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlanib, 4 kg 326 g «Pregabalin», 200 gramm «Tropikamid», 71 kg kimyoviy modda hamda qadoqlash uchun mo‘ljallangan flakon va kapsulalar hujjatlashtirib olindi. Ushbu holat natijasida 208 ming dona bir martalik dozani noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olindi.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, Termiz tumanida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan shaxs boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil «Bekobod-avto» chegara bojxona postida tekshiruvdan o‘tkazildi. Avtomobil yoqilg‘i baki ichidan 30 kgdan ortiq «opiy» moddasi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqaro salkam 51 kg narkotik modda bilan ushlangan edi.

Shuningdek