Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasini qurmoqchi

eʼlon qilindi
Bu vazifa Oq uy Ichki siyosat kengashi rahbariga yuklatiladi
Donald Tramp / Foto: The Independent

AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda Vashingtonda g‘alaba arkasini qurish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Tramp yangi monument Arlington ko‘prigi va qabristoni yaqinida, Linkoln memoriali qarshisida joylashishini ta’kidladi. Prezidentning aytishicha, bu inshoot Parijdagi mashhur G‘alaba arkasi o‘xshash bo‘ladi, ammo undan har tomonlama ustun bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Conde Nast Traveler

Tramp Vins Heyli arka maketini ko‘rganda hayratda qolganini va loyihani amalga oshirishga kirishganini qo‘shimcha qildi. Ushbu tashabbus 20 milliondan ortiq amerikaliklar tibbiy sug‘urta narxlarining keskin oshishi va yashash narxining qimmatlashuvi bilan kurashayotgan bir paytda ilgari surilmoqda.

Tanqidchilar va kuzatuvchilar prezidentning iqtisodiy inqiroz davrida e’tiborini G‘alaba arkasiga qaratayotganini muhokama qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp AQSh Federal zaxira tizimiga yangi nomzodni ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek