Xivada rekord: 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi — fotoreportaj

eʼlon qilindi
«Xorazm palovi» xalqaro festivali
Xivada rekord: 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi — fotoreportaj
Xivada rekord: 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi — fotoreportaj / Foto: Turizm qo‘mitasi

Joriy yil 14-dekabr kuni «Arda Xiva» turistik majmuasidagi «Xorazm palovi» xalqaro festivalida to‘qqiz tonnalik osh tayyorlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Festival doirasida mamlakat miqyosida rekord natija qayd etildi. Ulkan qozonda 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi. Uni pishirish uchun 2,5 tonna go‘sht, 3 tonna sabzi, 2,5 tonna guruch va 750 litr paxta yog‘i ishlatildi.

Ushbu jarayon ko‘plab mahalliy aholi va sayyohlarni bir joyga jamladi. Taom tayyor bo‘lgach, mehmonlar palovdan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Festival bayramona muhit, mehmondo‘stlik va birdamlik kayfiyatida o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda to‘yda 14 qozon palov tayyorlagan erkak jarimaga tortilgandi. Unga ko‘ra, viloyatning Chiroqchi tumanida yashovchi erkak to‘y marosimida 14 qozon palov tayyorlab, mehmonga osh berish qoidalarini buzganlikda ayblandi. Sud qaroriga bilan u 4,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek