Yandex Go hamkor parklar daromadi 2025-yilda 6,6 trln so‘mdan oshdi

2025-yilning 11 oyida Yandex Go hamkor parklar va ularga tegishli haydovchilarning daromadi 6,6 trln so‘mdan oshdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich qariyb $525 mlnni tashkil etadi. Summa Yandex Go orqali bajarilgan buyurtmalardan olingan daromadni qamrab oladi. Hisob-kitoblar xizmat komissiyasi chegirilgan holda keltirilgan.
2025-yil yanvar – noyabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha haydovchilarning bir soatlik o‘rtacha daromadi 21 foizga oshdi. O‘sish 2024-yilning shu davri bilan solishtirildi.
Xizmat ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida haydovchining o‘rtacha oylik daromadi 10,2 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haydovchi kuniga 8 soat, oyiga 22 kun liniyada bo‘lgan holat uchun hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yandex Uzbekistan Allplay platformasini xarid qilayotgani haqida yozgan edi.