Yangi Moskvich M70 va M90 avtomobillari taqdim etildi

15-dekabr 2025 16:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: MG

KamAZ tomonidan yangi Moskvich M70 va M90 avtomobillari taqdim etildi. Taqdimot 12-dekabr kuni Naberejniye Chelnida direktorlar kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Yangi avtomobillar amalda ishlab chiqarilayotgan Moskvich modellari bilan birga ko‘rsatildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Moskvich M90 brendning yangi flagmani bo‘ladi. U yetti o‘rindiqli krossover hisoblanadi. Avtomobil to‘liq uzatma tizimiga ega. Rossiya sharoitiga moslashtirilgan va opsiyalar to‘plami kengaytirilgan. Hozircha rasmiy tasvirlar e’lon qilinmagan.

Foto: Moskich

Moskvich zavodida ishlab chiqarish 2022-yilda qayta yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda Moskvich 3, Moskvich 3e, Moskvich 6 va Moskvich 8 modellari ishlab chiqarilmoqda.

Brend savdolari pasayishda davom etmoqda. 2025-yil noyabrida sotuvlar yiliga nisbatan 47 foizga kamayib, 1,4 ming dona bo‘ldi. 11 oy yakuniga ko‘ra pasayish 29 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Moskvich M90 avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek