
16-dekabr uchun yulduzlar faol kunni va’da qilmoqda. Voqealar tez rivojlanadi, his-tuyg‘ular kuchayadi va sizdan aniq reaksiya va o‘z harakatlaringizga ishonch talab qilinadi. Omad shoshilmaydigan, ammo qaror qabul qilishni kechiktirmaydiganlar tomonida bo‘ladi. Agar vaziyatni nazorat ostida ushlashga tayyor bo‘lsangiz, kun ishlar, tashabbuslar va samimiy suhbatlar uchun juda mos keladi.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Bugun omad qushi uyqudan uyg‘onishingiz bilan yelkangizga qo‘nadi. Asosiysi, o‘zingizga yoqmaydigan, hasadgo‘y kimsalardan nari bo‘ling. Bilib-bilmay, ularning maslahatiga quloq tutib qo‘ymang. Moliyaviy masalada ham omadingiz chopadi. Kechqurunga yaqin do‘kon aylanib yoqimli xaridlarni amalga oshiring. Oila qurishga ulgurmagan bo‘lsangiz, kechqurun idealingizdagi insonni uchratishingiz mumkin.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Har qanday ishda tajribali hamkasblaringiz qanday harakat qilayotganini zimdan kuzatib borish sizga yangi ko‘nikmalar beradi. Ulardan o‘rnak olish ishingizni yanada ravon qiladi. Agar ayrim odamlar bilan muloqot sizni bezovta qilayotgan bo‘lsa, ulardan asta-sekin uzoqlashish xotirjamlikka yordam beradi. Uydagi mayda-chuyda ishlar, hujjatlarni ko‘rib chiqish, tartibga solishni tinchlik bilan amalga oshirish uchun qulay fursat. Kun oxirida yaqinlaringizdan yoki do‘stlaringizdan yoqimli xushxabarlar eshitish ehtimoli yuqori. Shu paytda ular bilan muloqot qilib, yaxshi kayfiyatni mustahkamlab olish ham foydali.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Bugun xayollaringiz sizga ilhom beradi. Lekin real hayotni unutmang. Ijod va amaliylikni muvozanatda ushlang. Moliyaviy masalalarda ehtiyot bo‘ling. Har qanday taklifni to‘liq tahlil qilmasdan qabul qilmang. Kechqurun yaqin inson bilan suhbat qiling.
Arslon (23.07 – 22.08)

Bugun kunning birinchi yarmida kam gapirib, ko‘proq ishlashga diqqat qarating. Sirlaringizni hech kimga oshkor qilmang. Kun ikkinchi qismida yolg‘iz qolib, yaqin kelajak haqida o‘ylash uchun qulay fursat tug‘iladi. Shu orqali chindan ham dam olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Muhabbatda kutayotgan hodisalar ko‘zga tashlanmaydi. Kechqurun esa safarga chiqishingiz mumkin, bu safar sizga moddiy tomondan foyda keltiradi.
Parizod (23.08 – 23.09)

Bugun kuningiz garmoniya va xushchaqchaqlikka boy bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, moddiy jihatdan ahvolingiz a’lo darajada kechadi. Muhim hujjatlar bilan ishlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz ehtimoli bor. Xatoliklarni tuzatish juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun tashqi voqeliklarga chalg‘imaganingiz maʼqul. Hali oila qurishga ulgurmaganlar kechki payt romantik tanishuv, ketidan shunday ko‘rinishdagi uchrashuvni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Bugun duch kelgan har qanday odamga darrov ishonib, ko‘nglingizni ochavermang. Bu ishda ham, shaxsiy hayotda ham sizga faqat noxushlik olib kelishi mumkin. Uning o‘rniga sizga ishonadigan, sizni qadrlaydigan insonlar bilan suhbatda bo‘ling, ular bilan fikr almashing. Kunning ikkinchi yarmida juftingiz yoki yaqinlaringiz moliyaviy tomondan sizga ko‘mak berishga tayyor bo‘lishadi. Kechqurun esa ishingiz bilan bog‘liq ajoyib g‘oya paydo bo‘lishi mumkin. Uni unutib qo‘ymaslik uchun darrov yozib qo‘ying – keyin kerak bo‘ladi.
Chayon (24.10 – 22.11)

Bugun birinchi navbatda o‘zingiz ehtiyotsiz tufayli orttirib olgan mushkulotlarni aylanib o‘tishga harakat qiling. Yoki mehnat taʼtiliga chiqing-u, qayergadir dam olish uchun jo‘nab keting. Sizning hayotingiz, faoliyatingizga salbiy ta’sir o‘tkazish imkonini yo‘qotgan vaziyatlardan cho‘chimang. Asablarni tinchlantirish uchun yalpizli choy ichishingiz kerak. Yoki sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Bugun qalban pok ekaningizni, o‘zaro yaxshi munosabatni qadrlashingizni odamlarga ko‘rsatsangiz, bu sizga har jihatdan foyda keltiradi. Yangi do‘stlar paydo bo‘lishi mumkin. Oila qurmaganlar muhabbatda vaqtinchalik romantik hislarga aldanib qolmasligi kerak. Bugungi kun uchun moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish eng muhim vazifa bo‘ladi. Ana shu masalaga jiddiy e’tibor bering – natijasi siz uchun foydali kechadi.
Tarozi (24.09 – 23.10)

Kuningiz baxtli lahzalar va garmoniyaga boy bo‘lishi kutilmoqda. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizni behuda sevmasligingizga, uning sizga bo‘lgan cheksiz sadoqati va hurmatini ko‘rgach, yana bir karra amin bo‘lasiz. Ishxonadagi rahbarlarga maoshingiz oshirilishini so‘rab murojaat etsangiz bo‘ladi. Xavotirli lahzalardan sizni yaqin do‘stingiz xalos etadi.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Bugun moliyaga jiddiy e’tibor bering. Qarz, xarajat va kichkina sarflar ham kunning oxirida katta ta’sir qilishi mumkin. Qaysi narsa haqiqatan zarur ekanini aniqlab, xarajatlarni shunga qarab rejalashtiring. Shuningdek, kichik g‘oyalar va loyihalarni belgilab qo‘ying. Ularni keyin amalga oshirish oson bo‘ladi. Kechqurun salomatlikni qo‘llab-quvvatlash uchun ozroq sayr qilish va yumshoq mashqlar qilish foydali.
Baliq (19.02 – 20.03)

Bugun kunni sekin va tiniq olib boring. Har bir ishga diqqat bilan yondashsangiz yaxshi. Yangi fikr va g‘oyalar miyangizda paydo bo‘lishi mumkin, shuni yozib qo‘ying. Shaxsiy hayotda esa shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang, ortiqcha so‘zlar munosabatlarni buzishi mumkin. Kechqurun toza havoda yurib, uydagi mayda ishlaringizni tartibga solish foydali bo‘ladi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Bugun ayrim qarorlarni tez qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kutilmagan vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash va masalani aynan o‘sha inson bilan hal qilish samarali bo‘ladi. Hatto u yaqin qarindosh bo‘lsa ham. Mehnat va biznes sohasida band bo‘lganlar, ayniqsa reklama yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ishlovchilar uchun bugungi kun unumli o‘tishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilish esa kun davomida yig‘ilgan charchoqni yengillashtirib, fikrlarni tetiklashtiradi.