2026-yilda mehnat daftarchasisiz qanday pensiyaga chiqish mumkin

eʼlon qilindi
Pensiya jamg‘armasi ma’lumot berdi
2026-yilda mehnat daftarchasisiz qanday pensiyaga chiqish mumkin
2026-yilda mehnat daftarchasisiz qanday pensiyaga chiqish mumkin / Foto: Pexels

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 2005-yil 1-yanvardan oldingi ish davrlari mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, qo‘shimcha hujjatlarsiz hisobga olinadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Agar mehnat daftarchasi bo‘lmasa yoki unda zarur yozuvlar yetishmasa, ish stajini boshqa hujjatlar orqali tasdiqlash mumkin. Bunga ish joyidan berilgan ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi qaydnomalari, mehnat shartnomalari, shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek, arxiv hujjatlari kiradi.

Zarur hollarda mehnat faoliyati davrlari sud tartibida ham aniqlanishi mumkin. Bunda guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ish staji hisobga olinadi. Shu sababli mehnat daftarchasi yo‘qolgan taqdirda ham pensiya rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda amaldagi BHM va nafaqalar miqdori bo‘yicha ma’lumot berilgandi.

Shuningdek