Aitana Bonmati ketma-ket uchinchi yil «The Best» sovrinini qo‘lga kiritdi

16-dekabr 2025 23:43 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Aitana Bonmati / Foto: FIFA

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aitana Bonmati ketma-ket uchinchi marotaba «The Best FIFA Women’s Player» sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bonmati 2024/25-yilgi mavsumda UEFA ayollar chempionlar ligasi va UEFA ayollar «Yevro 2025 musobaqalarida «Turnirning eng yaxshi o‘yinchisi» deb topildi. Garchi uning jamoalari har ikki musobaqa finalida mag‘lub bo‘lgan esa-da, Aitananing yarim himoyadagi barqaror o‘yini e’tirof etildi. Shuningdek, u «Barselona» bilan ichki chempionatda trebl, Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Foto: Impetus Football

27 yoshli futbolchi dekabr oyi boshida kichik boldir suyagi sinishi sababli jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va tiklanish jarayonida. G‘olib milliy terma jamoa murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar o‘rtasidagi ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Usmon Dembele 2025-yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek