Sport

Bekzod Qurbonov Abu-Dabidagi nufuzli xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Foto: MOQ

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan CSI4 tasnifidagi nufuzli xalqaro konkur musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Qurbonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Bekzod Qurbonov musobaqada o‘zining «Santos Hippica» laqabli tulpori bilan ishtirok etib, to‘siqlarni xatosiz va eng qisqa vaqt ichida bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda jami 91 nafar chavandoz o‘zaro bahs olib bordi.

CSI4 tasnifidagi turnirlar yuqori darajadagi texnik tayyorgarlikni talab etishi va dunyoning yetakchi sportchilari ishtirok etishi bilan ajralib turadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik tajribali sportchi barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbek chavandozlari Dubaydagi nufuzli musobaqa sovrindoriga aylangani haqida xabar bergan edi.