Chery O‘zbekistonda 14 ta yangi avtomobil dizaynini ro‘yxatdan o‘tkazdi — foto

eʼlon qilindi
Sanoat namunasi sifatida
Foto: Chery Uzbekistan

Chery kompaniyasi O‘zbekistonda o‘ziga tegishli 14 turdagi avtomobil modelining tashqi ko‘rinishini sanoat namunasi sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan dizaynlar kompaniyaning yangi avlod avtomobillariga taalluqli bo‘lib, ular zamonaviy dizayn yechimlari hamda global avtomobil sanoatidagi so‘nggi tendensiyalarga mosligi bilan ajralib turadi.

Ma’lumot uchun, sanoat namunasi – bu buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalovchi badiiy-konstruktorlik yechimi bo‘lib, mahsulotning texnik xususiyatlarini emas, balki uning estetik va noyob dizaynini huquqiy jihatdan himoyalaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chery yangilangan Arrizo 8 Pro sedanini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek