
Google Search qidiruv tizimida yangi plyus (+) tugmasi ishga tushirildi. U orqali foydalanuvchilar rasm va hujjatlarni yuklab, Google AI Mode rejimi yordamida tahlil qilishlari mumkin.
Hozircha Google bu borada rasmiy bayonot bermagan, shu bois funksiya sinov tariqasida cheklangan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lishi mumkin. Fayl yuklangach Gemini sun’iy intellekti uni tahlil qiladi va foydalanuvchi savollariga javob beradi.

Kompaniya OpenAI bilan raqobat fonida sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Yaqinda taqdim etilgan Gemini 3 modeli raqobatchilarni xavotirga solgani va bunga javoban OpenAI GPT-5.2’ni chiqargani aytilmoqda.

Google o‘zining TPU (Tensor Processing Unit) chiplarida modellari va obunachilar uchun katta hajmdagi xotira takliflari bilan bozorda ustunlikka erishishga intilmoqda.
Avvalroq Kursv Uzbekistan Google iOS uchun Chrome’da Gemini SI yordamchisini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.