Kechga nima ovqat: indeyka go‘shtidan klab-sandvich qanday tayyorlanadi

16-dekabr 2025 18:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

Kafe taomlarini uy sharoitida tayyorlash tobora ommalashmoqda. Shulardan biri — klassik klab-sandvich. Qarsildoq non, dudlangan indeyka va yangi sabzavotlar uyg‘unligi bu taomni yengil tushlik yoki kechki ovqat uchun ideal variantga aylantiradi.

Kursiv Uzbekistan kechki ovqatga issiqqina klab-sandvich tayyorlashni o‘rgatadi.

Masalliq nomiMiqdori
Tost noni6 dona bo‘lak
Salat barglari1 bog‘
Pomidor2 dona
Bodring2 dona
Dudlangan indeyka go‘shti150 g
Mayonez3 osh qoshiq
Sendvich uchun pishloq1 qadoq

Klab-sandvichni tayyorlash bosqichlari

1-bosqich.
Tost non bo‘laklarini tosterda yoki yog‘siz skovorodkada ikki tomoni yengil qizarguncha qovuring.

2-bosqich.
Pomidor va bodringni yuvib, yupqa doira shaklida to‘g‘rab oling. Salat barglarini tayyorlab qo‘ying.

3-bosqich.
Ikki bo‘lak qizartirilgan nonning bir tomoniga mayonez surting.

4-bosqich.
Mayonez surtilgan non ustiga salat bargi, pomidor va bodring qo‘ying.

5-bosqich.
Sabzavotlar ustiga yupqa to‘g‘ralgan dudlangan indeyka go‘shti va pishloq joylashtiring.

6-bosqich.
Ustiga ikki tomoni mayonez surtilgan non bo‘lagini yopib, ikkinchi qatlamni boshlang.

7-bosqich.
Yana salat bargi, bodring, indeyka go‘shti va pishloq qo‘shing.

8-bosqich.
Uchinchi non bo‘lagining bir tomoniga mayonez surting va sandvich ustini yoping.

9-bosqich.
Sandvichni biroz bosib, shaklini mustahkamlang.

10-bosqich.
Klab-sandvichni ikki uchburchak shaklida kesib, darhol dasturxonga torting.

Klab-sandvichni butun holda yoki ikki uchburchak shaklida kesib tortish mumkin. Kartoshka fri yoki yangi sabzavotlar bilan yaxshi mos keladi.

Shuningdek