Marmar toshlar orasiga giyohvandlik moddalari yashirgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Marmar toshlar orasiga giyohvandlik moddalari yashirgan shaxslar ushlandi / Foto: DXX

Samarqand viloyatida giyohvandlik moddalarini marmar toshlar orasiga yashirib O‘zbekistonga olib kirish holati fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida 1992-yilda tug‘ilgan xorijiy davlat fuqarosi, shuningdek, Samarqand viloyatida yashovchi 1981 va 1995-yillarda tug‘ilgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, xorijiy fuqaro qurilishda foydalaniladigan marmar toshlar orasiga giyohvandlik vositalarini yashirib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirgan. Mahalliy fuqarolar esa ushbu moddalarni sotish bilan shug‘ullangan.

Tezkor tadbir davomida jami 37,4 kg «ekstraksion opiy» giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda fuqaro salkam 51 kg narkotik modda bilan ushlangan edi.

Shuningdek