Yangiliklar

O‘zbekistonda taksi xizmatlari narxlari bir yilda 12 foizga oshdi

Bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan
Taksi
Taksida yo‘l haqi narxlari bir yilda 12,2 foizga oshdi / Foto: Depositphotos

2025-yil noyabr oyida taksi xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, taksida yo‘l haqi narxlari yil boshidan buyon yetti foizga oshgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa narxlar 12,2 foizga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi ilovasini ishga tushirgani xabar qilingandi. Ilova Play Market va App Store’da O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun mavjud.

Shuningdek, O‘zbekistonda Yandex Go, Uklon va MyTaxi taksi xizmatlari ham faoliyat yuritadi.