
O‘zbekistonning Varshavadagi elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha Investitsiyalar va savdo agentligi (PAIX) prezidenti Andjey Dix bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon O‘zbekiston – Polsha hamkorligining savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hozirgi holati hamda kelgusi istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Polsha vakili esa mamlakat kompaniyalarining O‘zbekiston bozorlariga kirish istagi ortib borayotganini alohida ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida PAIXning O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish jarayonini tezlashtirish masalasida kelishuvga erishildi. Ushbu qadam ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi va polshalik ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Kipr viza markazi ish boshlashi haqida xabar bergan edik.