Qashqadaryoga Xitoydan 26 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

eʼlon qilindi
YUTONG kompaniyasidan 20 ta avtobus va oltita Asia Star rusumli avtobus
Qashqadaryoga Xitoydan 26 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi
Qashqadaryoga Xitoydan 26 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Qashqadaryo viloyatiga zamonaviy avtobuslarning navbatdagi partiyasi olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Sharofiddin Nurillo» korxonasi Xitoyning YUTONG kompaniyasidan tabiiy siqilgan gazda harakatlanuvchi 20 ta avtobus xarid qildi. Bundan tashqari, «Bazarcha» MChJ tomonidan oltita Asia Star rusumli avtobuslar olib kelindi.

Video: Transport vazirligi

Vazirlik yangi avtobuslar yaqin kunlarda shahar ichidagi yo‘nalishlarda brutto-shartnoma asosida qatnovni boshlashini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Guliston jamoat transporti 52 ta zamonaviy avtobus bilan boyitilgani xabar qilingandi. Ular «Yevro-5» standartiga javob beradi va tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi. Har biri 65 nafar yo‘lovchini qulay sharoitda yetkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, past polli dizayni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun pandus uskunalari va alohida o‘rinliklar bilan jihozlangan. Yo‘l haqi to‘lovlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun «ATTO» tizimi o‘rnatildi.

Shuningdek