
Realme kompaniyasi Realme 16 Pro smartfonining dizaynini rasmiy e’lon oldidan to‘liq ko‘rsatdi. Qurilmaning pastki qismida USB-C port, SIM-karta uyasi va dinamik panjarasi joylashgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Realme 16 Pro 6,78 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlanadi. Yangilanish chastotasi 144 Hz bo‘ladi. Smartfon 7 000 mA·soatgacha sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Qurilma 80 Vt quvvatli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy kamera 200 Mp bo‘lishi kutilmoqda. Bu Realme 15 Pro‘dagi 50 Mp sensor bilan solishtirganda katta yangilanish hisoblanadi.

RMX5121 indeksli model Xitoyda sertifikatsiyadan o‘tgan. Hujjatlarga ko‘ra, qurilmaning qalinligi 7,75 mm, vazni esa 192 grammni tashkil etadi.
Batareya sig‘imi 6 830 mA/soat deb ko‘rsatilgan. Ishlab chiqaruvchi esa uni 7 000 mA/soat sifatida taqdim etmoqda.
Realme 16 Pro‘ning rasmiy taqdimoti 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme Neo 8 smartfoni qanday xususiyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.