
Realme kompaniyasi Realme Narzo 90 smartfonlar seriyasini rasman taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.
Realme Narzo 90 6,57 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey Full HD+ aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Narzo 90x esa 6,8 dyuymli IPS ekran, HD+ aniqlik va 144 Hz chastotaga ega.
Narzo 90 modeli MediaTek Dimensity 6400 Max protsessori asosida ishlaydi. Narzo 90x esa Dimensity 6300 platformasida qurilgan. Har ikkala smartfon 6 yoki 8 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira bilan taklif etiladi. Operatsion tizim sifatida Android 15 va Realme UI 6.0 ishlatilgan.
Ikkala qurilmada ham asosiy kamera 50 Mp etib belgilangan. Narzo 90’da qo‘shimcha 2 Mp sensor mavjud. Old kamera Narzo 90’da 50 Mp, Narzo 90x’da esa 8 Mp.



Seriyaning asosiy ustunligi batareyada. Har ikkala model 7 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Ular 60 Vt quvvatli tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, teskari simli quvvatlash funksiyasi ham mavjud.
Realme Narzo 90 6/128 GB versiyasi $175, 8/128 GB varianti esa $195 turadi. Realme Narzo 90x 6/128 GB uchun $130, 8/128 GB uchun $150 narxda sotiladi.
Smartfonlar savdosi 23-dekabr kuni Amazon India platformasi va Realme’ning rasmiy sayti orqali boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Realme 16 Pro taqdimotdan oldin to‘liq namoyish etilgani haqida yozgan edi.