Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

eʼlon qilindi
Xalqaro yubileylar ro‘yxatiga
Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi / Foto: YouTube

O‘zbek sanʼatining yorqin namoyandasi Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi YUNESKO tomonidan 2026–2027-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylarga rasman kiritildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Mazkur qaror O‘zbekistonning taklifi asosida qabul qilingan bo‘lib, unga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmanistonning qo‘llab-quvvatlovi ham ilova qilingan. San’atkor tavalludining yubileyini ro‘yxatga kiritish masalasi Samarqand shahrida o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, Tavakkal Qodirov 1926-yil 10-iyun kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi Sultonobod qishlog‘ida Qodir ota va To‘ti buvi oilasida tavallud topgan. U o‘zbek qo‘shiqchilik sanʼatining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan hofiz sifatida tanilgan. 1989-yilda unga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.

Faoliyati davomida Tavakkal Qodirov Farg‘ona davlat filarmoniyasiga ko‘p yillar rahbarlik qilgan va o‘z qo‘shiqlari bilan xalqimizning mehr-muhabbatini qozongan. U ijodi Markaziy Osiyo hududidan tashqari butun dunyoga yoyilib, yuzdan ziyod qo‘shiqlari o‘zbek sanʼatining oltin fondida saqlanmoqda. Hofiz eron, hind, arman, ozarbayjon, uyg‘ur va arab kabi jahon xalqlarining tillarida ham qo‘shiqlar yaratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi shohko‘cha ochilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek