Toshkentda Kipr viza markazi ish boshladi

eʼlon qilindi
Arizani qabul qilish uchun servis yig‘imi 150 yevro etib belgilangan
Toshkentda Kipr viza markazi ish boshladi / Foto: Depositphotos

Kiprning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 15-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida Kipr viza markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Viza arizalarini qabul qilish bilan BLS International kompaniyasi shug‘ullanadi.

Viza markazi Shahrisabz ko‘chasi, 5A-uy, 5-qavatda joylashgan Seoul Plaza biznes markazida faoliyat yuritadi. Murojaatlar +998 71 205 16 84 telefon raqamida qabul qilinadi.

Arizachilar Kiprning C toifali vizasi uchun hujjatlarni bevosita viza markazi orqali topshirishlari mumkin. Arizani qabul qilish uchun servis yig‘imi QQSni hisobga olmagan holda 150 yevro etib belgilangan.

C toifali viza qisqa muddatli safarlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 180 kun davomida Kipr Kipr Respublikasi hududida 90 kungacha bo‘lish imkonini beradi.

Shuningdek, markazda ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha xizmatlar ham taklif etiladi. Ushbu xizmatlarning sifati va narxi uchun Kipr elchixonasi javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 1 mln dollar to‘lay oladigan chet elliklar uchun tezlashtirilgan viza dasturini ishga tushirgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek