
Xiaomi kompaniyasi planshetlari narxini oshirdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Hozircha bu o‘zgarish faqat Xitoy bozoriga taalluqli. Ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar modelga qarab $15 – 30 oralig‘ida ko‘tarilgan. Qimmat planshetlar uchun bu sezilarli emas. Ammo budjet modellarda narx oshishi ancha bilinadi. Chunki Xiaomi mahsulotlari Xitoyda boshqa bozorlarga nisbatan arzonroq sotiladi.
Narx oshishi Xiaomi Pad 8 liniyasi va barcha Redmi Pad 2 konfiguratsiyalariga ta’sir qilgan. Redmi Pad 2 planshetlari barcha variantlarda 200 yuan atrofida qimmatlashdi. Bu taxminan $30 ga teng. Bazaviy model uchun bu qariyb 20 foizlik ustama hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng ommabop smartfonlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.