Abrorxo‘ja Saidaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bundan avval u Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida ham ishlagan
Abrorxo‘ja Saidaliyev Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi / Foto: Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati

Saidaliyev Abrorxo‘ja Rustamxo‘ja o‘g‘li Yunusobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Abrorxo‘ja Saidaliyev 1994-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U oliy ma’lumotga ega bo‘lib, 2017-yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2021-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Saidaliyev 2018-yildan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida ishlagan va 2022-yil iyun oyidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari hamda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, bundan oldin Yunusobod tumani hokimi lavozimida Аbduvaliyev Boxadir Аbdulxayevich ishlab kelgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlangan edi.

Shuningdek