Amazon OpenAI’ga 10 milliard dollar sarmoya kiritishi mumkin

eʼlon qilindi
Muzokaralar hali yakunlanmagan
Amazon OpenAI’ga 10 milliard dollar sarmoya kiritishi mumkin / Foto: Scipiuz

Amazon.com Inc ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI’ga $10 mlrd sarmoya kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, agar kelishuv amalga oshsa, OpenAI qiymati $500 mlrddan ortiq baholanishi mumkin. OpenAI Microsoft bilan kelishuv asosida jamoat manfaatidagi korporatsiya sifatida ishlamoqda. Microsoft kompaniyaning 27 foiz ulushiga ega va OpenAI modellari bo‘yicha o‘z bulut mijozlariga eksklyuziv sotish huquqiga ega.

Foto: Reuters

The Information nashrining xabariga ko‘ra, OpenAI Amazon’ning Trainium chiplaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Kompaniya shuningdek, ChatGPT’ning korporativ versiyasini Amazon’ga sotmoqchi, lekin uni Amazon ilovalariga qanday integratsiya qilish masalasi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Disney OpenAI’ga SI videolari yaratish uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek