Apple iMac Pro modelini qayta taqdim etishi mumkin

17-dekabr 2025 09:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: MacRumors

Apple kompaniyasi bir necha yildan buyon ishlab chiqarilmayotgan Apple iMac Pro monoblokini qayta tiklashi mumkin. Bu haqda MacRumors xabar bermoqda.

Dasturiy ta’minot kodida aniqlangan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya yuqori unumdorlikka ega yangi iMac ustida ish olib bormoqda.

Manbalarga ko‘ra, Apple kodida J833c identifikatoriga ega iMac modeli tilga olingan. Ushbu qurilma H17C platformasida ishlashi qayd etilgan. Mutaxassislar H17C platformasi Sotra C kod nomi bilan bog‘liqligini, bu esa Apple’ning navbatdagi kuchli protsessori — SoC M5 Max’ga mos kelishini ta’kidlamoqda.

Avval ham Apple dasturiy ta’minotida topilgan shunga o‘xshash kodlar keyinchalik rasmiy taqdimotlar bilan mos kelgani qayd etilgan. Shu sababli yangi iMac Pro‘ning paydo bo‘lish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Biroq ayrim taxminlarga ko‘ra, ushbu iMac Pro Apple tomonidan ichki sinovlar uchun foydalanilayotgan prototip bo‘lishi va ommaviy ishlab chiqarishga chiqmasligi ham mumkin. Shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda internetda iMac Pro seriyasining qaytishi haqidagi mish-mishlar tobora ko‘payib bormoqda.

Ma’lumot uchun, iMac Pro‘ning so‘nggi modeli Intel platformasida ishlab chiqarilgan. U ilk bor 2017-yilda taqdim etilib, 2019-yilda yangilangan edi. O‘sha paytda qurilma Radeon Pro Vega 64X grafik kartasi, 18 yadroli Intel Xeon protsessorlari va 5120 × 2880 piksel aniqlikka ega 27 dyuymli displey bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple iOS 26.3 beta versiyasini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek