Disney va Jeyms Kemeron “Avatar 2” filmi bo‘yicha sudga berildi

17-dekabr 2025 08:59 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Disney va Jeyms Kemeron «Avatar 2» filmi bo‘yicha sudga berildi / Foto: Reuters

3D animator Erik Rayder Disney va rejissyor Jeyms Kemeronga qarshi Kaliforniya federal sudiga da’vo arizasi bilan chiqdi. Rayder iddaosiga ko‘ra, Kemeronning 2022-yilda chiqqan «Avatar: Suv Yo‘li» filmi uning «KRZ» ilmiy fantastika hikoyasidan nusxa olgan.

Rayder 1990-yillarda Kemeronning Lightstorm Entertainment kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, o‘z hikoyasini filmga aylantirishga uringan. U kamida $500 mln zarar puli va yangi filmning chiqarilishini to‘xtatish uchun sud qarorini talab qilmoqda.

Rayder birinchi «Avatar» filmi bo‘yicha 2011-yilda ham da’vo qilgan, ammo sud Kemeron filmni Rayder hikoyani taqdim etishidan oldin yaratganini aniqlagach, da’voni rad etgan. Yangi da’voda esa faqat «Avatar 2»dagi yangi nusxa ko‘chirish holatlarini ko‘rsatiladi.

Da’voda aytilishicha, film antropomorf mavjudotlar, cheksiz okean muhiti va zararli korporatsiyalar elementlarini o‘z ichiga oladi va hayotni uzaytiruvchi hayvon manbalari syujeti «KRZ» hikoyasidan nusxa olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan’da «Abadiyat» filmi nima haqida ma’lumot berilgan edi.

Shuningdek