AQSh Turkmaniston va Afg‘oniston fuqarolariga kirishni chekladi

eʼlon qilindi
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxat 19 ta davlatdan 39 taga yetdi
Foto: PBS

AQSh prezidenti Donald Tramp 16-dekabr kuni AQShga to‘liq yoki qisman kirish cheklovlari qo‘llaniladigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxat 19 ta davlatdan 39 taga yetdi.

Farmonga asosan, ayrim davlatlar uchun to‘liq taqiq, ayrimlari uchun esa qisman cheklovlar joriy etildi. Oq uy bu qarorni mazkur mamlakatlarda hujjatlarni tekshirish, xavfsizlik skriningi va ma’lumot almashish tizimlaridagi jiddiy kamchiliklar bilan izohladi.

Shuningdek, Falastin ma’muriyati bergan sayohat hujjatlariga ega shaxslarga ham qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Shu bilan birga, Turkmaniston fuqarolari uchun notijorat vizalar bo‘yicha taqiq bekor qilindi, ammo mamlakat fuqarolarining AQShga kirishi baribir cheklangan holda qolmoqda.

Farmon doimiy yashash huquqiga ega shaxslarga, amaldagi vizasi bor fuqarolarga, ayrim viza toifalariga va AQSh milliy manfaatlariga xizmat qiluvchi holatlarga tatbiq etilmaydi.

Quyida AQShga kirish bo‘yicha to‘liq va qisman cheklovlar qo‘llanilayotgan davlatlar ro‘yxati keltirilgan:

Davlat
1Afg‘oniston
2Burma
3Chad
4Kongo Respublikasi
5Ekvatorial Gvineya
6Eritreya
7Gaiti
8Eron
9Liviya
10Somali
11Sudan
12Yaman
13Burundi
14Kuba
15Laos
16Syerra-Leone
17Togo
18Turkmaniston
19Venesuela
20Burkina-Faso
21Mali
22Niger
23Janubiy Sudan
24Suriya
25Angola
26Antigua va Barbuda
27Benin
28Kot-d’Ivuar
29Dominika
30Gabon
31Gambiya
32Malavi
33Mavritaniya
34Nigeriya
35Senegal
36Tanzaniya
37Tonga
38Zambiya
39Zimbabve

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasini qurmoqchi ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek