
Mozilla Corporation Entoni Enzor DeMeoni bosh direktor etib tayinlaganini rasman e’lon qildi. Uning rahbarligida kompaniya Firefox brauzerini sun’iy intellekt integratsiyasiga ega to‘laqonli platformaga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Yangi boshliqning ta’kidlashicha, texnologiyalarni joriy etish foydalanuvchi maxfiyligini buzmasligi kerak. Foydalanuvchilar barcha SI funksiyalari ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ladi. SI ishi shaffof bo‘lishi va keraksiz funksiyalar to‘liq o‘chirib qo‘yilishi mumkin.

Bundan tashqari, Firefox foydalanuvchilarga tanlash uchun bir nechta neyrotarmoq modellarini taklif qilishni maqsad qilgan. Bularga ochiq kodli SI yechimlari hamda yirik kompaniyalarning modellari kiradi. Entoni Enzor DeMeo bu tayinlovdan oldin Firefox’ning bosh menejeri lavozimida ishlagan va vaqtinchalik rahbar Lora Chemberzni almashtirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mozilla Firefox 141-versiyada nimalar yangilagani haqida xabar bergan edi.