Sport

Karim Benzema sevgilisi bilan uchrashish uchun Luvr muzeyini ijaraga oldi — foto

Foto: Tribuna

Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi hujumchisi Karim Benzema sevgilisi bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Luvr muzeyini ijaraga oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi Parijdagi Luvr muzeyini yopiq formatda ijaraga olib, sevgilisi uchun maxsus romantik uchrashuv uyushtirgan. Ushbu kecha uchun u 12 ming yevro to‘lagan.

Bu post Benzema «Al-Ittihod» bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirganidan keyin bir necha hafta o‘tib paydo bo‘ldi. Shartnomaning yangilanishi fransiyalik futbolchining «Real Madrid»ga qaytishi haqidagi gap-so‘zlarga chek qo‘ydi.

Benzema futbolchilik faoliyatining eng gullagan davri «Real Madrid» klubiga to‘g‘ri keladi, bu yerda u 2009-yildan 2023-yilgacha to‘p surdi. Madrid klubi tarkibida Benzema besh marta UEFA Chempionlar ligasi kubogini va to‘rt marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. U 2022-yilda faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, «Oltin to‘p» mukofotini qabul qilib oldi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saudiya Pro ligasida «An Nasr» safarda «Al Ittihod»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.