Moliyaviy erkinlik poydevori: Bir oyda o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan foydali moliyaviy odatlar

Ko‘pchilik yangi hayotni dushanbadan yoki yangi yildan boshlashga odatlangan. Biroq moliyaviy barqarorlik taqvimdagi sanaga emas, balki kundalik kichik odatlarga bog‘liq. Kursiv bir oy ichida shakllantirish mumkin bo‘lgan va hamyoningizga sezilarli foyda keltiradigan moliyaviy odatlarni jamladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yangi odat shakllanishi uchun o‘rtacha 21 kun kerak bo‘ladi. Demak, bir oylik qat’iyat kelajakdagi moliyaviy erkinligingiz poydevori bo‘lishi mumkin. Quyida 30 kun davomida amalga oshirish oson, ammo samarasi yuqori bo‘lgan moliyaviy odatlarni taqdim etamiz.
Mundarija:
Senator Uorrenning 50/30/20 qoidasi

Pul kelganda uni qanday ishlatishni bilmaslik moliyaviy stressning asosiy sababidir. AQSh senatori Elizabet Uorren tomonidan ishlab chiqilgan ushbu tizim byudjetni aniq chegaralashga yordam beradi. Maosh olishingiz bilan uni uch qismga ajrating.
- 50% — Ehtiyojlar: eng zaruriy to‘lovlar (ijara, oziq-ovqat, transport).
- 30% — Istaklar: ko‘ngilochar xarajatlar uchun (kafe, kino, kiyim).
- 20% — Kelajak: jamg‘arma va qarzlar.
Ushbu qoida yordamida sarf-xarajatlaringiz aniq chegaralanadi va pulingizni oson taqsimlaysiz.
Impulsiv xaridlarga qarshi 3 kunlik qoida

Do‘konlar va onlayn marketpleyslar bizni hissiyotga berilib xarid qilishga undaydi. Neyrobiologlarning aniqlashicha, xarid paytida miyada zavq gormoni (dofamin) ajralib chiqadi.
O‘zingiz uchun ma’lum narx chegarasini belgilab oling. Agar narxi o‘sha chegaradan oshadigan buyumni ko‘rib qolsangiz, uni darhol sotib olmang. Qarorni 3 kunga kechiktiring.
3 kundan keyin hissiyotlar sovib, aql asosiy planga chiqadi. Ko‘pincha u narsa sizga aslida kerak emasligini tushunasiz. Eng muhimi hisobingizda saqlanib qolgan pulni ko‘rish, keraksiz buyumni sotib olishdan ko‘ra ko‘proq zavq beradi.
Naqd pul kuni

Zamonaviy dunyoda plastik kartalar pul sarflash og‘rig‘ini yo‘qotdi. Kartani terminalga tekkizish psixologik jihatdan juda oson, shu sababli ham biz ko‘proq pul sarflaymiz.
Haftaning bir kunini naqd pul kuni deb e’lon qiling. Shu kuni uydan faqat naqd pul bilan chiqing va kartani qoldiring. Pullarni hamyondan chiqarib berish inson miyasida yo‘qotish og‘rig‘ini paydo qiladi. Bu esa bizni har bir xarid oldidan ikki marta o‘ylashga majbur qiladi va tabiiy ravishda tejamkorlikka undaydi.
Maqsadni vizualizatsiya qilish

Agar siz nima uchun yig‘ayotganingizni aniq bilmasangiz pul yig‘ish uzoq va zerikarli jarayon bo‘lishi mumkin. Pul jamg‘arishdan maqsadingizni aniq belgilang. Masalan: yangi mashina, sayohat yoki noutbuk. Uning rasmini topib, hamyoningizga yoki pul saqlaydigan joyingizga yopishtirib qo‘ying.
Natijada har safar qo‘lingiz pulga borganda, ko‘z oldingizda o‘sha orzuingiz gavdalanadi. Bu oddiy vizual usul sizni keraksiz harjat yoki o‘tkinchi o‘yin-kulgidan tiyilishga va katta maqsad sari intilishga undaydi.
«Latte omili» va ko‘zga ko‘rinmas xarajatlar

Iqtisodchi Devid Bax o‘zining «Latte omili» nazariyasida qiziq bir faktni keltiradi. «Insonni qashshoqlashtiradigan narsa katta xaridlar emas, balki har kuni qilinadigan, sezilmas mayda xarajatlardir».
Har bir to‘lovni, hatto avtobusga to‘langan yoki hamkasblar bilan ichilgan kofeni ham yozib boring. Tadqiqotlarga ko‘ra, xarajatlarni yozib borishni boshlagan insonlar, o‘zlari sezmagan holda xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirar ekanlar.
Pul bu maqsad emas, vosita.
Ushbu odatlarni shakllantirishdan asl maqsad boyib ketish emas, balki hayotni xotirjam o‘tkazishdir. Siz pulingizni boshqarishni o‘rgansangiz, pul sizni boshqarishni to‘xtatadi. Hamyoningizdagi tartib hayotingizdagi, oilangizdagi va kelajagingizdagi xotirjamlikning poydevoridir. Tanlov esa o‘z qo‘lingizda.
Yengilmas Terens Krouford 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelgan super o‘rta vazn toifasidagi jahon chempioni Terens Krouford 38 yoshida professional boksni tark etishini e’lon qildi. Bu haqda bokschi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
Krouford meksikalik kuchli bokschi Saul Alvaresni sentabr oyida Las-Vegasda mag‘lub etib, mutlaq super o‘rta vazn kamari sohibi bo‘lgandi. U amaldagi WBA, IBF va WBO super o‘rta vazn toifasi chempioni sifatida iste’foga chiqmoqda. Avvalroq bokschi sanksiya to‘lovlari bo‘yicha yuzaga kelgan nizo tufayli WBC kamaridan mahrum etilgan edi.
Terens Krouford va Isroil Madrimov jangi
«Men musobaqadan chekinyapman, jang qilishni tugatganim uchun emas, balki boshqa turdagi jangda g‘alaba qozonganim uchun. Bu siz o‘z shartlaringiz bilan ketadigan jangdir», — dedi u o‘zi joylagan videoda.
Bokschi 2008-yilda professional debyut qilgan va besh vazn toifasida 18 ta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Uning 42 ta g‘alabasining barchasi bir ovozdan qabul qilingan qaror yoki muddatidan oldin yakunlash orqali bo‘lgan va uning faoliyati davomida birorta ham hakam raqib foydasiga ball yozmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Maoshning deyarli yarmini «yeb qo‘yadigan» yetti mayda xarajat haqida xabar bergan edi.