
Oppo Find X9 Ultra smartfoni kutilganidan ham sig‘imliroq batareya oladi. Kompaniya vakili Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi izohida yangi flagman 7000 mA/s dan katta batareya bilan chiqishini tasdiqladi.
Aniq sig‘im hozircha ochiqlanmagan. Taxminlarga ko‘ra, u 7100 mA/s bo‘lishi mumkin. Ba’zi manbalarda esa 7500 yoki hatto 8000 mA/s variantlari ham tilga olinmoqda.
Taqqoslash uchun, hozirgi avlod Find X8 Ultra modeli 6100 mA/s batareya bilan jihozlangan. Shunga ko‘ra, yangi modelda avtonomlik sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Oppo Find X9 Ultra’ga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori o‘rnatilishi aytilmoqda. Smartfon to‘rt kamerali tizimga ega bo‘ladi. Unda ikkita telefoto kamera bo‘lishi kutilmoqda. Qurilmaning rasmiy taqdimoti 2026-yil aprel oyiga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 15c rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.