Prezident rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 18–20-dekabr kunlari Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyadа boʻladi. Bu haqda davlat rahbari ma’lum qildi.
Tokio shahrida Mirziyoyev Yaponiya Imperatori Naruxito, bosh vazir Sanae Takaichi, parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi. Uchrashuvlarda Oʻzbekiston–Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Tadbirlar davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiya loyihalarini ilgari surish va ikki tomonlama hujjatlarni imzolash masalalari muhokama qilinadi.
Mirziyoyev «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Sammitda yashil iqtisodiyot, barqaror taraqqiyot, mintaqaviy sheriklik va inson resurslarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Sammit yakunlari boʻyicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.