«PSJ» Mbappega 60 mln yevro to‘laydi

17-dekabr 2025 09:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Sky News

Parij mehnat sudi «Pari Sen-Jermen» klubiga o‘zining sobiq hujumchisi Kilian Mbappega 60 mln yevro miqdorida to‘lanmagan maosh va bonuslarni qaytarish majburiyatini yukladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mbappe dastlab sobiq jamoasidan 263 mln yevro undirilishini talab qilgan bo‘lsa, «PSJ» bunga javoban 240 mln yevrolik qarshi da’vo kiritgan edi. Sud qaroriga ko‘ra, to‘lanishi belgilangan mablag‘ futbolchining 2024-yil aprel-iyun oylari uchun maoshi hamda shartnomada ko‘rsatilgan axloq va imzo bonuslarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, summaning katta qismi aynan bonuslardan iborat.

Foto: The Guardian

«Biz ushbu qarordan qoniqish hosil qildik. Maoshlar to‘lanmaganda shunday natija kutilishi tabiiy edi», — dedi Mbappening advokati Frederik Kassero.

«PSJ» esa rasmiy bayonotida sud qarorini inobatga olishini va to‘lovni amalga oshirishini, biroq apellatsiya berish huquqini o‘zida saqlab qolishini ma’lum qildi. Klub vakillari o‘z harakatlarini «yaxshi niyat va halollik» bilan amalga oshirganliklarini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng qimmat futbolchilar reytingida Mbappe Yamalga yetib olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek