Qo‘qonlik tabib Iqbol Saliev 10 sutkaga qamaldi

eʼlon qilindi
Sud uni xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor deb topdi
Qo‘qonlik tabib Iqbol Saliev 10 sutkaga qamaldi
Qo‘qonlik tabib Iqbol Saliev 10 sutkaga qamaldi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Qo‘qon shahrida yashovchi 54 yoshli tabib Iqbol Salievga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 17-dekabr kungi qarori bilan Salievga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan. Aniqlanishicha, u muddati 2024-yil dekabrda tugagan guvohnoma bilan faoliyat olib borgan.

Tabib Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, unga 2025-yil 10-yanvarda ham shu moddaning 1-qismi asosida aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan soxta tabiblarga aldanmaslikka chaqirgandi. Vazirlik xabarida aytilishicha, tegishli huquqqa ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ruxsat etilmagan usullar bilan tashxis qoʻyish va davolash holatlari koʻpaymoqda.

Shuningdek