Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
eʼlon qilindi
Bundan avval hokim Markaziy bank tizimida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritgan

Ismatov Davron Raximdjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimida tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davron Ismatov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U oliy ma’lumotga ega bo‘lib, Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan.
2024-yil fevral oyidan boshlab u Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, bunga qadar Sergeli tumani hokimi lavozimida Shukurov Elbek Habibullaevich ishlab kelgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Veterinariya qo‘mitasining sobiq raisi Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlangan edi.