Tesla aksiyalari tarixiy rekordni yangilab, eng qimmat kompaniyalar qatoriga qaytdi

eʼlon qilindi
Qimmatli qog‘ozlar narxi $491,5 gacha ko‘tarildi
Ilon Mask Tesla uchun TeraFab loyihasini Texasda amalga oshirishni boshladi
Foto: MSN

16-dekabr kuni Tesla aksiyalari 3 foizdan ortiq qimmatlashib, $489,88 darajasida yopildi. Kun davomida qimmatli qog‘ozlar narxi $491,5 gacha ko‘tarilib, kompaniya aksiyalari qariyb bir yil ichida ilk bor tarixiy maksimumni yangiladi.

Aksiyalar o‘sishi fonida Tesla’ning bozor kapitallashuvi $1,63 trillionga yetdi. Natijada kompaniya chip ishlab chiqaruvchi Broadcom’ni ortda qoldirib, AQShdagi eng qimmat kompaniyalar orasida 7-o‘rinni egalladi. Shunday qilib, eng yirik kompaniyalar ro‘yxatida yana Magnificent Seven – Nvidia, Apple, Alphabet, Microsoft, Amazon, Meta va Tesla jamlandi.

Bozor bahosining oshishi kompaniya rahbari Ilon Maskning boyligiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning boyligi bir kun ichida $8,2 mlrdga oshib, $684,2 mlrdni tashkil etdi.

Aksiyalar narxining keskin ko‘tarilishiga Ilon Maskning Tesla odamsiz robotaksilarni sinovdan o‘tkazayotgani haqidagi bayonoti turtki bo‘ldi. Kompaniya Ostinda ishga tushirilgan robotaksi xizmatida hozirgacha kuzatuvchi insondan foydalanib kelayotgan edi. Mask yil oxirigacha bu amaliyotdan voz kechishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla Cybertruck yilning eng xavfsiz pikapi deb topilgani haqida yozgandi.

Shuningdek