Toshkentga kirishda avtomobilni qoldirib ketish majburiy emas — hokimlik

eʼlon qilindi
Toshkent shahar hokimligi tushuntirish berdi
Toshkentga kirishda avtomobilni qoldirib ketish majburiy emas — hokimlik
Toshkentga kirishda avtomobilni qoldirib ketish majburiy emas — hokimlik / Foto: Parklio

Toshkent shahar hokimligi poytaxt transport tizimida rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar noto‘g‘ri talqin qilinayotganini bildirib, ushbu masala yuzasidan qayta tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, viloyatlardan Toshkent shahriga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoki cheklov joriy etilmaydi. Avvalgi tartib saqlanib qoladi va haydovchilar shaxsiy avtomobilda shaharga kirishda davom etishi mumkin.

Rejalashtirilayotgan ishlar nazorat-o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq. Ayrim punktlar shahar tashqarisiga ko‘chiriladi, ayrimlari esa qayta quriladi. Ushbu hududlarda yirik avtoturargohlar, dam olish joylari va shaharga tez yetib borish imkonini beradigan jamoat transporti infratuzilmasi tashkil etiladi.

Bu imkoniyat ixtiyoriy hisoblanadi. Haydovchilar xohlasa avtomobilini turargohda qoldirib, yo‘lni metro yoki avtobusda davom ettirishi mumkin. Xohlaganlar esa avvalgidek shaxsiy avtomobilida harakatlanadi. Bu tizim dunyoning yirik shaharlarida qo‘llaniladigan Park and ride modeliga asoslanadi.

Hokimlikka ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar Toshkent aholisi uchun tirbandliklarni kamaytirish va ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, shahar mehmonlari uchun markazda to‘xtash joyi izlash muammosini kamaytirib, harakatlanishning qulay usulini tanlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga kirish nuqtalarida yangi avtoturargohlar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek