Yangiliklar

Xitoy banklari «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘li uchun 2,3 milliard dollar ajratadi

Mablag‘lar Xitoy davlat taraqqiyot banki va Eksimbank tomonidan taqdim etiladi
Xitoy banklari «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘li uchun 2,3 milliard dollar ajratadi / Foto: economist.kg

«Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» loyiha kompaniyasi yangi temir yo‘l qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha Xitoy banklari bilan kelishuv imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati $4,7 mlrdni tashkil etadi.

Mablag‘ning yarmi bo‘lmish $2,3 mlrd miqdori Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Eksimbank tomonidan ajratiladi. Kredit 35 yil muddatga beriladi. Qarzni Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan loyiha kompaniyasining o‘zi qaytaradi. Qolgan $2,3 mlrd esa davlatlar tomonidan kompaniyaning ustav kapitaliga kiritiladi: Xitoy ulushi 51 foizni, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ulushi esa har biri 24,5 foizni tashkil etadi.

Temir yo‘l qurilishi 2024-yil 27-dekabr kuni boshlangan. Yo‘lning qariyb 40 foizi ko‘priklar va tonnellar orqali o‘tadi. Rejaga ko‘ra, umumiy uzunligi taxminan 120 km bo‘lgan 50 ta ko‘prik va 29 ta tonnel quriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekiston infratuzilmasini yaxshilash uchun 250 mln dollar ajratishi haqida xabar qilgan edik.