
«Za rulyom» nashri bosh muharriri Maksim Kadakov yangi Moskvich avtomobillari videosini e’lon qildi. Unga ko‘ra, zavod yangi rasmiy saytni ishga tushirdi.
Bunda avtomobillar savdosi boshlanguniga qadar sayt qisqartirilgan demo rejimida ishlaydi. Unda kelajakdagi modellarga oid sahifalar va umumiy dizayn ko‘rsatib berilgan.
Bundan avval Moskva avtomobil zavodi korxonada mutlaqo yangi modellar Moskvich M70 va Moskvich M90’ni yirik uzellar asosida yig‘ish boshlanganini ma’lum qilgandi. Ushbu avtomobillar SAIC konserniga mansub krossoverlar klonlari hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u yetti o‘rindiqli krossover hisoblanadi. Avtomobil to‘liq uzatma tizimiga ega. Rossiya sharoitiga moslashtirilgan va opsiyalar to‘plami kengaytirilgan.
Moskvich zavodida ishlab chiqarish 2022-yilda qayta yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda Moskvich 3, Moskvich 3e, Moskvich 6 va Moskvich 8 modellari ishlab chiqarilmoqda.