Yaponiya kompaniyasi Hindistondagi Avendus bankining asosiy ulushini sotib oladi

Yaponiya kompaniyasi Mizuho Securities Hindistonning Avendus investitsiya bankidagi ulushning katta qismini AQShning KKR investitsiya firmasi hisobidan sotib olmoqchi. Bitim qiymati 81 mlrd yen ($523 mln)gacha baholangan, deya yozmoqda Reuters.
Mizuho Securities Avendus aksiyalarining 61,6% dan 78,3% gacha ulushini sotib olib, bankni konsolidatsiyalangan sho‘ba korxona sifatida boshqaradi. Kompaniya bu xarid orqali Hindistondagi faoliyatini kengaytirishni maqsad qilmoqda.

Qayd etilishicha, KKR dastlab Avendusga 2016-yilda sarmoya kiritgan. Shu yil boshida esa Yaponiya moliya sektori vakili Sumitomo Mitsui Financial Group Hindistonning Yes Bankida 24,2% ulush sotib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzolagani haqida xabar bergan edik.