Yangiliklar

Yaponiya kompaniyasi Hindistondagi Avendus bankining asosiy ulushini sotib oladi

61,6% dan 78,3% gacha
Yaponiya kompaniyasi Hindistondagi Avendus bankining asosiy ulushini sotib oladi / Foto: Bloomberg

Yaponiya kompaniyasi Mizuho Securities Hindistonning Avendus investitsiya bankidagi ulushning katta qismini AQShning KKR investitsiya firmasi hisobidan sotib olmoqchi. Bitim qiymati 81 mlrd yen ($523 mln)gacha baholangan, deya yozmoqda Reuters.

Mizuho Securities Avendus aksiyalarining 61,6% dan 78,3% gacha ulushini sotib olib, bankni konsolidatsiyalangan sho‘ba korxona sifatida boshqaradi. Kompaniya bu xarid orqali Hindistondagi faoliyatini kengaytirishni maqsad qilmoqda.

Foto: Mint

Qayd etilishicha, KKR dastlab Avendusga 2016-yilda sarmoya kiritgan. Shu yil boshida esa Yaponiya moliya sektori vakili Sumitomo Mitsui Financial Group Hindistonning Yes Bankida 24,2% ulush sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan Yaponiya bilan 50 million dollarlik shartnomalar imzolagani haqida xabar bergan edik.