18-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan 18-dekabr kuni barcha burjlar uchun munajjimlar bashoratini taqdim etadi
18-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi
18-dekabrga munajjimlar bashorati: yulduzingiz nima deydi / Foto: depositphotos

18-dekabr — kamroq so‘z, ko‘proq harakat, kamroq impuls, ko‘proq natija kuni. Kunning astrologik manzarasi tartib, o‘z-o‘zini nazorat qilish va sokin samaradorlikni rag‘batlantiradi, tartibsizlik uchun qattiq jazolaydi. Kursiv Uzbekistan 18-dekabr kuni barcha burjlar uchun munajjimlar bashoratini taqdim etadi.

Qo‘y (21.03 – 20.04)

Ish joyida arzimas sabablar ortidan obro‘yingizga putur yetishi xavfi bor. Agar maqsadingiz yo‘lida hamkasblarni xafa qilib qo‘ysangiz, bu sizga qaytib salbiy ta’sir qiladi. Har bir gap va qadamni o‘ylab bosing — shunda yo‘l ham ravon bo‘ladi. Sizga yordam berishni istaydiganlar ko‘p, faqat vaziyatni to‘g‘ri tushuntirib, ochiq muloqotda bo‘lish yetarli. Tanani chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish va ovqatlanish ratsionini yangilash juda ham foydali kechadi.

Buzoq (21.04 – 20.05)

Bugun kim bilan muloqot qilayotganingizga e’tibor bering. Ayrim insonlar energiyasi sizni charchatishi mumkin. Ular bilan chiziqdan chiqmaslik yaxshi. Hamkasblar bilan ishlaringizni aniq va tayinli qilishga harakat qiling. Shu bilan nafaqat vaqtingiz tejaladi, balki qo‘shimcha stress ham kamayadi. Kechqurun yaqin do‘stlar bilan suhbat qilish kayfiyatingizni ko‘tarishi mumkin.

Egizaklar (21.05 – 21.06)

Boshingizda ko‘zlangan niyatlar ko‘p ekan, bir soniyani ham bekor o‘tkazmaslikka harakat qiling. Oila qurmaganlar ish muhitida ko‘ngliga yaqin tushadigan inson bilan romantik munosabat boshlab yuborishi mumkin. Bu borada qalbingiz amrigagina quloq tuting. Boshqalarning maslahatiga ergashib ish qilsangiz, hissiyotlaringiz adashtirishi mumkin. Sirni ko‘p ochmaslik ham ma’qul. Kechqurun toza havoda sayr qilish ruhiy tinchlik olib keladi.

Arslon (23.07 – 22.08)

Kuningiz unumli o‘tadi, lekin ayrim xavotirli lahzalar bo‘lishi mumkin. Agar bu vaziyatlarni to‘g‘ri yengib o‘tsangiz, ham daromad, ham hurmat orttiradi. Yangi ish boshlamoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizga ishonchni kuchaytiring. Moliyaviy masalada xarajatlarni qisqartib turing, aks holda qiyinchilikka duch kelishingiz mumkin. Sog‘lig‘ingizga ham e’tibor bering.

Parizod (23.08 – 23.09)

Bugun moliyaviy masalalarda uchraydigan kamchiliklar va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga vaqt ajratish yaxshi natija beradi. Xatolar sizdan ketmagan bo‘lsa ham, ulardan saboq olish, ish jarayonini yaxshilashga qaratilgan xatti-harakatlar foyda keltiradi. Qaysarlik va o‘z fikrini keskin turib olish kabi holatlar keraksiz kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun yumshoq va muloyim yondashuvni tanlash yaxshiroq. Shaxsiy hayotda qarindoshlar yordamiga tayanish, ularning maslahatini eshitish ko‘p narsani yengillashtiradi. Sog‘liqni unutmang — zarur bo‘lsa, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish foydali.

Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Bugun ko‘zguga boqing va o‘zingizga adolatli tarzda baho bering. Yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tan oling va ularni takrorlamaslikka so‘z bering. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Ular sizga yangidan-yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishingizda asqotadi. Salomatligingiz ham havas qiladigan darajada emas. Tibbiy ko‘rikdan o‘ting, vrachlar aniq tashxis qo‘yishsin va muolajalarni boshlang.

Chayon (24.10 – 22.11)

Har kuni o‘zingizga nisbatan ham to‘g‘riso‘z, adolatli bo‘ling. O‘zgalarning sizga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymang, yolg‘onlardan saqlaning. Bugun kechga qadar ishdan bir daqiqaga bo‘lsin, bosh ko‘tara olmaysiz. Shunga tayyor turing. Muhabbatda qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, suyukli insoningizni ishontirishga harakat qiling. Agar bu ishni romantika og‘ushida amalga oshirsangiz, yana yaxshi. Salomatlikka ham eʼtibor qarating. Zarurat tug‘ilsa, tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ham erinmang.

O‘qotar (23.11 – 21.12)

Bugun eng og‘ir va murakkab vazifalarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin atrofdagilardan yordam kutmang va talab ham qilmang. Agar qiyinchiliklarga sabr qila olsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Eshitgan har bir yangilikni chuqur tahlil qiling. Kunning ikkinchi yarmida firibgarlik va aldovlarga duch kelishingiz mumkin. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turadi.

Tarozi (24.09 – 23.10)

Bugun ayrim qarorlarni tez qabul qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kutilmagan vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash va masalani aynan o‘sha inson bilan hal qilish samarali bo‘ladi — hatto u yaqin qarindosh bo‘lsa ham. Mehnat va biznes sohasida band bo‘lganlar, ayniqsa reklama yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ishlovchilar uchun bugungi kun unumli o‘tishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qilish esa kun davomida yig‘ilgan charchoqni yengillashtirib, fikrlarni tetiklashtiradi.

Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Bugungi kun professional kasbi bilan bog‘liq yumushlarni ado etish uchun qulay kechadi. Ishlarni juda katta tezlikda bajarishingiz kerak. Shaxsiy hayotda arazlar, kelishmovchiliklar, qaysarliklarni chetga surib qo‘ying. Bu narsa eng yaqin insonlardan ayrilib qolishingizni ta’minlaydi xolos. Kechqurun ovqatlanishda sergaklikni qo‘ldan boy bermang.

Baliq (19.02 – 20.03)

Ish joyingizda shunday bir voqea sodir bo‘ladiki, siz ham boshqalar kabi o‘zingizga boshqatdan nazar solishni xohlab qolasiz. Imkoniyatlaringizni qaytadan hisob-kitob qilishingizga to‘g‘ri keladi. Tadbirkor bo‘lsangiz, yangi hamkorlar qidiring. Kechqurun sayr kuchingizga kuch qo‘shadi.

Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Bugun anchadan beri o‘zingizni qiynab kelayotgan muammolarga yana bir karra e’tibor qarating. Imkon topilsa, ularning barchasini bartaraf eting. Shuning orasida professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizga oid yangi rejalarni ham hayotga tadbiq eting. Zahirada pulingiz bo‘lsa, uni davolanish, bilim olish va sayr-u sayohat uchun sarflashingiz mumkin. Chunki kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingiz a’lo darajada bo‘lishi tayin.

Shuningdek