
Angliya liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan «Manchester Siti» va «Brentford» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi.
«Shaharliklar» uchrashuvning birinchi bo‘limida hisobni ochdi. 32-daqiqada burchak zarbasidan keyin raqib vakillari to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Rayan Sherki kuchli zarba bilan darvozaga yo‘llab, darvozabonni ojiz qoldirdi. 67-daqiqada esa Reyndersning pasidan keyin Savinyo gol kiritib uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi – 2:0.
Husanov uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq «Manchester Siti» mudofaasining markazida harakat qildi va 16-daqiqasida qo‘polligi uchun sariq kartochka ko‘rsatildi. O‘zbekistonlik himoyachi o‘yin davomida bir necha bor xavfli vaziyatlarni bartaraf etib, havodagi kurashlarda ustunlik ko‘rsatdi. Sofascore portali Husanovning o‘yinini 7,2 ballga baholagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChL doirasida «Manchester Siti» Madridda «Real» ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.