Yangi MacBook uchun Apple eski A15 chipini sinovdan o‘tkazmoqda

eʼlon qilindi
Hozircha Apple rasmiy izoh bermagan
Foto: PCMac

Apple arzon narxdagi yangi MacBook ustida ish olib bormoqda. Kod fayllarida topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya yuqori unumdor A18 Pro emas, balki A15 Bionic platformasidagi modelni ham sinovdan o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.

MacRumors aniqlagan kod satrlarida Mac’lar bo‘limida hali taqdim etilmagan MacBook konfiguratsiyasi qayd etilgan. Unda A15 Bionic chipi, «mac14p» loyihasi va H14P platformasi ko‘rsatilgan. Bu qurilma ichki kod nomi J267 bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

A15 Bionic – iPhone 13 liniyasi, oldingi avlod iPad mini va oxirgi iPhone SE’da ishlatilgan platforma. U kuchsiz emas, biroq zamonaviy Apple chiplaridan ancha ortda qoladi.

Mutaxassislar fikricha, Apple ehtimol ikki xil variantni ko‘rib chiqmoqda: A15 Bionic asosidagi arzonlashtirilgan model va A18 Pro chipli yuqori unumdor versiya. Bu qaror global xotira bozorida yuzaga kelgan inqiroz fonida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Hozircha Apple rasmiy izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Apple iPhone chiplarini Hindistonda ishlab chiqarishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek