Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi binosi 242 mlrd so‘mga sotildi

eʼlon qilindi
Obyektni 242 milliard so‘mlik taklif bilan Qobiljon Norbekov qo‘lga kiritdi
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi binosi 242 mlrd so‘mga sotildi
Haydovchilarga jarima ballari haqida ma’lumot beruvchi «E-jarimaball» moduli ishga tushadi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’muriy binosi auksion orqali sotildi. Savdolar bugun, 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Auksion yakuniga ko‘ra, obyektni 242 milliard so‘mlik taklif bilan Qobiljon Norbekov qo‘lga kiritdi. Xaridor binoni muddatli to‘lov asosida xarid qiladi.

Ma’lum qilinishicha, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Yangi Toshkent shahri hududiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda va uch yil davomida mazkur binoni to‘liq bo‘shatib berish majburiyatini olgan. Agar Yangi Toshkentdagi yangi ma’muriy bino belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirilsa, hozirgi obyekt ham xaridorga avvalroq beriladi.

Sotilgan bino poytaxt markazida, Hamid Olimjon metro bekati yaqinida joylashgan. Obyekt barcha zarur kommunikatsiyalar – suv, gaz, elektr va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan. 1975-yilda qurilgan bino 1 gektardan ortiq yer maydonini egallaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qurilish vazirligining binosi 180 mlrd so‘mdan ortiqqa sotilgani haqida yozgandi.

Shuningdek